Parvozlarda F-4 qiruvchi-bombardimonchi hamda ko‘p maqsadli F-16 qiruvchi samolyotlari ishtirok etgan. 27 mart kuni Turkiyaning CN-235 razvedka samolyoti Gretsiya hududini 16 marta buzgan. 

Harbiy tahlilchi Atanasios Drugosning fikricha, turk samolyotlarining Gretsiyaga bostirib kirishi nafaqat borgan sari ko‘paymoqda, balki ig‘vogarroq ko‘rinish olmoqda.

"Ular nodo‘stona harakat qilishmoqda, Gretsiya havo hududiga chuqurroq kirib borishmoqda, aholi yashaydigan hududlar ustidan uchib o‘tishmoqda", deb aytgan mutaxassis.

Turkiya va Gretsiya o‘rtasidagi munosabatlar Gretsiya sudi Turkiyadagi davlat to‘ntaruviga urinishishga aloqador deb gumon qilingan 8 nafar turk harbiysini yanvar oxirida Turkiyaga berishdan bosh tortgandan keyin keskinlashgan.