Turkiyaning «Trabzonspor» klubi o‘z muxlislaridan birini stadion tribunalaridagi o‘rindiqlarni yuvib chiqishga majbur qildi. Bunga u Turkiya chempionatidagi uchrashuvlardan birida o‘yinni o‘rindiqda tik oyoqda turib tomosha qilgani sabab bo‘lgan.

«Bu bizning uyimiz, siz esa uyingizdagi mebellar ustida oyoq kiyim bilan yurmaysizku, to‘g‘rimi? Bu sizga jazo!» — deya xabar qoldirilgan klub matbuot xizmati tomonidan.

Fanat 2016 yilning 18 dekabrida ochilgan «Shenol Gunesh» nomli stadiondagi 10 ming o‘rindiqni yuvgan. Ushbu stadion 41 ming tomoshabin uchun mo‘ljallangan.