Ushbu bahsda Rim klubi safida o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov dastlabki rasmiy o‘yinini o‘tkazdi. Joze Mourino uni asosiy tarkibda maydonga tushirdi. Uchrashuvning 55-daqiqasida Pellegrini hisobni ochgan bo‘lsa, 64-daqiqada Kornelius muvozanatni tikladi – 1:1.

81-daqiqaga kelib Eldor Shomurodov burchak zarbasidan keyin darvoza to‘siniga tegib qaytgan to‘pni «Trabzonspor» darvozasiga kiritib, ilk rasmiy o‘yinida ham gol urib jamoasiga g‘alaba keltirdi – 1:2. Javob bahsi bir haftadan keyin Rimda o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov bungacha ikkita o‘rtoqlik o‘yinida «Roma» safida 2 bahsda 2ta gol va 2ta assistga mualliflik qilgandi.

19 avgust (payshanba)
Konferensiyalar ligasi. Pley-off.
Trabzonspor (Turkiya) – Roma (Italiya) - 1:2

Gollar: Pellegrini (55, 0:1), Kornelius (64, 1:1), Eldor Shomurodov (81, 1:2).
Trabzonspor – Keybashi, Vitor Ugo, Bruno Peres, Ie, Chaqir, Gamshik, Ozdemir, Jyervino, Bakasetas, Nvakaeme, Janini.
Roma – Ruy Patrisiu, Karsdorp, Manchini, Vinya, Rojyer, Mxitaryan, Veretu, Kristante, Pellegrini, Dzanolo, Eldor Shomurodov (Mayoral, 82).