Vashington soliq to‘lovchilarning xarajatlarini kamaytirish maqsadida bir qancha grantlar va zayomlar taqdim etishni to‘xtatadi. Davlat departamenti va AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) xarajatlari uchdan biriga, ya'ni 25,6 milliard dollargacha qisqartiriladi. Qayd etilishicha, bu boshqa davlatlarga ko‘rsatiladigan yordamlarni kamaytirish hisobiga bo‘ladi.
Byudjyetning yakuniy loyihasi may oyida tayyor bo‘ladi. Bu loyiha qonunga aylanishi uchun Kongressning ikki palatasi tomonidan ma'qullanishi va prezident tomonidan imzolanishi kerak bo‘ladi.











