Uchrashuvning uchinchi daqiqasidayoq David Silva hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda Leroy Sane tomonidan yetkazib berilgan to‘pni Serxio Aguero darvozaga aniq yo‘llab jamoasiga ishonchli g‘alabani taqdim etdi.

Natijada «Manchester Siti» Angliya kubogining finaliga yo‘llanma olgan dastlabki jamoaga aylandi. Jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘zining 8 mavsumlik murabbiylik faoliyati davomida 8-marta mamlakat kubogining yarim finaliga yo‘llanma oldi.

Angliya Kubogi, 1/4 final

Midlsbro – Manchester Siti 0:2 (0:1)

Gollar: Silva (3), Aguero (67).
Midlsbro: Gyuzan, Gibson, Barragan, Fabio, Espinosa (Fray, 50), Lidbitter (Ramires, 66), Kleyton, de Ron, Traore, Stuani, Jyested (Negredo, 26).
Manchester Siti: Bravo, Stounz, Klishi, Sabaleta, Otamendi, de Bryuyne, Ture (Fernando, 86), Silva, Sterling, Sane (Nolito, 70), Aguero (Iheanacho, 90+1).
Ogohlantirishlar: Barragan (17), Lidbitter (45), Traore (45), de Ron (83).