Markaziy Amerikadagi bu davlat poytaxtidagi "Ruzvelt" nomli shifoxonada ushbu yong‘in tufayli jarohatlangan, 14-17 yoshlar orasidagi 20dan ortiq o‘smirlar joylashtirilgan, ularning ba'zilari og‘ir ahvolda.
Fojia respublika poytaxti yaqinidagi San-Xose-Pinula munitsipalitetida sodir bo‘ldi. Bundan avval yetimxonada ma'muriyat xodimlarining shafqatsiz munosabatidan norozilik tufayli, tartibsizliklar yuzaga kelgan edi. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, bunday tartibsizliklar chog‘ida yetimxonadan kamida 60 kishi qochib ketgan.
Mamlakat parlamenti voqea yuzasidan puxta tekshiruv olib borishni talab qildi. 8 mart, chorshanba kuni Gvatemala hukumati prezident Jimmi Morales farmoni bilan bolalar halokati tufayli uch kunlik motam e'lon qildi.











