Orenburg viloyati Buguruslan shahri politsiyasiga bir erkak murojaat qilib, yo‘lbarslarni Volgograddan Ufadagi sirkka tashish uchun GLONASS tizimi bilan jihozlangan yuk mashinasini ijaraga berganini ma'lum qilgan. 

Uning aytishicha, u navigatsiya tizimi orqali mashina yo‘lda bir necha soat harakatsiz turganini aniqlagan. Yuk mashinasiga oziqa yuklangan yana bir mashina hamrohlik qilgan. 

"Voqea joyiga yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasi xodimlari chiqishgan. Mashina yo‘lning chetidagi qiyalikda aniqlangan. Voqea joyida na haydovchi, na ikkinchi mashina aniqlangan. Fura ichidan tovushlar kelgan", deb aytildi politsiyada.   

Voqea joyiga Ufadan hayvon o‘rgatuvchi kelgan. Yuk mashinasi ichida 5 ta yo‘lbars bo‘lgan.

Voqea joyida yirtqich hayvonlarni qutqarish bo‘yicha operatsiya tashkillashtirilgan.