Bundan oldinroq, Suriya armiyasi Palmira atrofida shafqatsiz janglarga kirishgani xabar qilingandi.
Suriyalik harbiylar Palmiraga olib boruvchi yo‘llarda nazorat o‘rnatgan.
Bundan tashqari, Suriya qo‘shini Palmira atrofida IShIDning 9 nafar xudkush terrorchisi bo‘lgan 2ta zirhli mashinani bartaraf etgan.
Harbiy manba shahar yaqin vaqt ichida IShID jangarilaridan butkul tozalanishiga umid bildirgan.












