Velar haqida rasmiy ma'lumotlar uncha ko‘p berilmagan. Taxmin qilinishcha, mashinaga Jaguar F-Pace alyumin platformasi asos bo‘lgan, motorlar qatoriga Ingenium oilasi dvigatellari, jumladan 4 litrli, shuningdek 6 litrli benzin va dizelli motorlar kirgan.   

Yangi modelning tashqi ko‘rinishi dizayni bir vaqtning o‘zida Range Rover Sport, Evoque va 5-avloddagi Land Rover Discovery modellarini eslatadi. Mashina salonida klimat-kontrol va boshqa funktsyalarning to‘liq sensorli boshqaruv bloki o‘rnatilgan. Shuningdek sensor tugmalar rulda ham paydo bo‘lgan.