Shuningdek, kompaniya avtomobil 200 km/soat tezlikdan to‘liq to‘xtashiga 4,6 soniya yoki 117 metr masofa ketishini ma'lum qildi. Bu 650S modelidan 6 metr kamroq, biroq gibrid giperkari P1’ning ko‘rsatkichiga juda yaqin.
Bungacha kompaniyada kupe 0 dan 200 km/soatgacha 7,8 soniyada erisha olishi ma'lum qilingandi. Qiyoslash uchun, 650S’da bunga 8,4 soniya talab qilinadi.
Superkar 4 litrli 8 silindrli, 720 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlanadi. Model uchun yangi karbon monokokk kuzov, modernizatsiyalangan adaptiv shassi, boshqaruvchi elektronika uchun maxsus drift-rejim, o‘zgacha chiqarish tizimi va faol aerodinamik elementlar tayyorlangan.
Avtomobil mart oyida Jyenevadagi motorshouda ilk marotaba namoyish qilinadi.












