«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino «Lester» boshqaruvidan iste'foga chiqarilgan Klaudio Ranerini qo‘llab-quvvatladi.
«Angliya chempioni va FIFA talqini bo‘yicha dunyoning eng zo‘r murabbiyi iste'foga chiqdi. Zamonaviy futbol shunday. Klaudio, tabassum qilishda davom et. Sen yozgan tarixni boshqa hech kim o‘chira olmaydi», — deya instagramga qo‘ygan surati ostiga yozib qoldirgan portugaliyalik mutaxassis.












