Jamg‘arma aksiyadorlik jamiyati shaklida yaratilmoqda. Jamg‘arma ta'sischilari sifatida Davlat raqobat qo‘mitasi, O‘zbekiston banklar uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi hamda bir qator banklar va sug‘urta kompaniyalari chiqmoqda.

Jamg‘arma biznes muhitni va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yaratilmoqda.

Yangi jamg‘arma banklarga kichik tadbirkorlik sub'yektlariga ajratiladigan kreditlarning ularning 50 foizigacha miqdorida garov puli bilan qoplanmagan, biroq 100 ming dollardan ko‘p bo‘lmagan qismida ta'minlanganlikni taqdim qiladi.  

Jamg‘arma kichik biznes sub'yektlariga bank kreditlari ajratish shartlari bo‘yicha va yuqori texnologik va innovatsion ishlab chiqarishlarni yaratishda yordam beradi.