Mahalliy vaqt bilan soat 15:10 holatiga ko‘ra, Domodedovo aeroportida to‘rt reys, Sheremetevoda besh reys bekor qilindi. Shuningdek bu aeroportlarda 9 reys ushlanib qolgan. Vnukovoda ham bir reys ushlanib qolgan.
Poytaxtda bugun ertalabdan kuchli qor yog‘di. Ob-havo harorati - 0 daraja atrofida.











