Noroziliklarda o‘nlab odamlar ishtirok etmoqda. Ular qo‘llarida "Teo uchun adolat" degan plakatlarni ko‘tarib olishgan. Gap politsiya xodimlari tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchragan yigit haqida ketmoqda.

Parijda ommaviy noroziliklar 6 fevralda politsiya 22 yoshli marokashlik yigitni ushlagandan keyin boshlangan. Yigit giyohvand moddalar sotishda gumon qilinib, politsiya bo‘limiga olib ketilgan va u yerda do‘pposlanib, zo‘rlangan. Hozirda jabrlanuvchi shifoxonada qolmoqda. Ushbu holat yuzasidan 4 nafar politsiyachiga ayblov qo‘yilgan.