
Shunisi qiziqki, Oxfam'ning yangi hisobotida G‘arb ishbilarmonlarining kapitali muntazam o‘sayotganligiga doir statistik dalillar keltirilgan. Masalan, 2009 yilda dunyo miqyosida umumiy moliyaviy ahvoli 2,4 trillion dollarga baholanuvchi "atigi" 792 milliarder qayd etilgan. 2016 yilda esa xuddi shu guruh 5 trillion dollarga egalik qilgan.
Bill Geytsning 84,4 milliard dollarlik kapitali 25 yildan keyin bir trillionga yetadi. U vaqtga borib sayyoramizning eng badavlat kishisi 86 yoshda bo‘ladi - "Ilk trillionni qanday ishlash mumkin?" mavzusidagi memuar yozishning ayni vaqti.











