Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Tramp qirolichaga Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Vashingtonga tashrifi vaqtida unga sovg‘a qilgan kubokning amerikancha variantini sovg‘a qiladi.
Ta'kidlanishicha, Tramp shahzoda Uilyam va malika Keyt bilan choy ichishga taklif qilingan. Shu munosabat bilan Tramp juftlikning farzandlari – shahzoda Jorj va malika Sharlottaga qo‘lda yasalgan egarlar tuhfa qilmoqchi.
Bu sovg‘alar Trampning mashalatchisi tomonidan tavsiya qilingan. Maslahatchi qirollik oilasi haqidagi "Toj" serialini kuzatib, qirollik oilasi a'zolari ot minishni yaxshi ko‘rishlarini aniqlagan.











