Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, “Ijro.gov.uz” tizimi orqali qonun hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qilishning mutlaqo yangi tizimi joriy qilinadi. 

Unga ko‘ra, Adliya vazirligi: 

qonun hujjatlari va topshiriqlar o‘z vaqtida ijro etilishining “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratini olib boradi va “Ijro.gov.uz” tizimini yuritadi;

tizimda nazoratga olinadigan topshiriqlarni kiritadi, mazkur topshiriqlardan kelib chiqqan holda mas'ul ijrochilar va bajarish muddatlarini belgilaydi, ular tomonidan kiritilgan ma'lumotlar to‘liqligi va haqqoniyligini tekshiradi, shuningdek, qonun hujjatlari va topshiriqlarda belgilangan ijro muddatlarini uzaytirish haqidagi takliflar asosliligini o‘rganadi;

qonun hujjatlari va topshiriqlar ijro holati to‘g‘risidagi ma'lumotni har oyda prezident administratsiyasi va hukumatga kiritib boradi.

Tizimga zarur ma'lumotlarni o‘z vaqtida kiritmaslik yoki noto‘g‘ri ma'lumotlarni kiritish, bu borada Adliya vazirligi ko‘rsatmalarini o‘z vaqtida yoki lozim darajada bajarmaslik intizomiy, ma'muriy va boshqa javobgarlik choralarini qo‘llash uchun asos bo‘ladi.

Farmonga ko‘ra:

Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlari va topshiriqlar mas'ul ijrochilar tomonidan o‘z vaqtida ijro etilishining “Ijro.gov.uz” tizimida nazoratini olib boradi;

Hisob palatasi tizimda mas'ul ijrochilar tomonidan kiritilib, Adliya vazirligi va hukumat tomonidan tekshirilgan ma'lumotlar to‘liqligi va haqqoniyligini tekshiradi hamda ularni nazoratdan yechadi;

prezident administratsiyasi qonun hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qiluvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi.