Rolikda elektronika do‘koniga tashrif buyurganlar maslahatchi bilan televizor panellari yonida muloqot qilishadi. Bu vaqtga kelib, televizor ekranlarining biridan «Qo‘ng‘iroq» filmidagi Samara Morganga o‘xshash qahramon chiqib keladi. U sezdirmasdan odamlarga yaqinlashadi va ularni tutib oladi. 

Rejissyor Xaver Guteres tomonidan suratga olingan «Qo‘ng‘iroqlar» qo‘rqinchli filmining jahon taqdimoti 1 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Kartina Gora Verbinskining 2002 yilda suratga olgan «Qo‘ng‘iroq» filmining davomi hisoblanadi.