"Olgan ma'lumotlarimizga ko‘ra, Bishkek yaqinida qulagan yuk tashuvchi samolyot "Turkiya havo yo‘llari"ga tegishli emas. U xususiy turk kompaniyalaridan biriga tegishli bo‘lgan", deb aytgan Gazigil.
Boeing 747-400 samolyoti Bishkekdagi "Manas" xalqaro aeroportining uchish-qo‘nish polosasidan 1,5 km uzoqlikda falokatga uchragan. Samolyot aeroport yaqinidagi qishloq ustiga tushgan. Buning oqibatida 32 ta uy vayron bo‘lgan. Samolyot Gonkong-Bishkek-Istanbul reysi bo‘yicha parvozni amalga oshirayotgan bo‘lgan. Samolyot ekipaji 5 kishidan iborat bo‘lgan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, fojia oqibatida 37 kishi halok bo‘lgan. Ba'zi manbalarga ko‘ra, samolyot MyCargo Airlines kompaniyasiga tegishli bo‘lgan.











