«Infantino AFA FIFAdan chetlatilishi mumkinligini istisno etmadi. U menga dedi: «Argentinadan kelib tushgan ma'lumot, sochimni tikka qildi. Agar AFA chetlashtirilsa, men har bir argentinalikka terma jamoaning xalqaro turnirlarda qatnashmasligini bittalab tushuntiraman», — deya Maradonaning so‘zlarini keltirgan Ole nashri.
Maradonaning o‘zi ham AFA tashkilotini bir necha bor tanqid qilgan, rahbariyatni futbolga aloqasi yo‘q korruptsionerlar va mafiozlar to‘dasi deb atagandi.











