"Prokuratura sobiq prezidentning mol-mulki, aniqrog‘i, hovli-joy, xonadon, 2 ta garaj, yarim yer osti parkingidagi 2 ta mashina turar joyi va 2000 yilda barpo qilingan brig (ikki machtali tik yelkanli kema)ni hibs qilishni so‘radi… Sud bu talabni to‘liq qanoatlantirdi", — deb yozadi agentlik.
Axborot agentligining qayd etishicha, Yanukovich Ukraina Jinoyat kodeksining "davlatga xiyonat", "Ukraina davlat chegarasi va hududini o‘zgartirish maqsadida qasddan harakatlarni amalga oshirishga yordam berish" va "agressiv urush olib borishga yordam berish" kabi jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.











