Nashr manbasining ta'kidlashicha, Klintonning tarafdorlari uni siyosatga qaytishga va Nyu-Yorkning amaldagi meri Bill de Blazioga chaqiriq tashlashga ko‘ndirishmoqda. Klintonning o‘zi ham gap orasida bu imkoniyatni rad etmagan. Saylovlar 7 noyabrga belgilangan va Klintonda ularga tayyorlanish uchun hali vaqt serob.
Nashrning ta'kidlashicha, Klinton va de Blazio o‘rtasidagi iliq munosabatlar mer Klintonni prezidentlik saylovlarida qo‘llab-quvvatlashni istamaganidan keyin keskin yomonlashgan.











