Kupe 6 litrli, 12 silindrli motor bilan jihozlanadi. Dvigatel 700 ot kuchi beradi. Shunday dvigatel Volkswagen konsernining bir qator modellarida, jumladan Bentley Bentayga krossoverida o‘rnatiladi. Motorning unumdorligi katta turbohaydagichlar va yaxshilangan sovitish tizimi qo‘llanishi hisobiga 100 ot kuchiga oshirilgan.


















