«Long Island Rail Road kompaniyasining poyezdi bufer qarshisida to‘xtashi lozim edi. Biroq, to‘xtay olmagan. Voqeada hech kim halok bo‘lmaganini xabar qilishdan mamnunman. Eng jiddiy jarohat oyoq sinishi bo‘lgan», — deb yozgan Kuomo.
NBC telekanalining xabar qilishicha, so‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, baxtsiz hodisada 103 kishi jabrlangan. Voqea joyida favqulodda xizmatlar faoliyat yuritmoqda. Jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilayapti.











