Kengashning xabar berishicha, Moizga saylovchilarning 55,6 foizi ovoz bergan. Bu esa u birinchi tur yakuniga ko‘ra g‘olib chiqqanidan darak beradi. Shu tariqa, kengash ovoz berish jarayonida hiyla-nayranglar ishlatilgani borasida bayonot bergan muxolifat nomzodlarining shikoyatini e'tiborsiz qoldirdi.
Moiz – 48 yoshli tadbirkor bo‘lib, uning oilasi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Davlatning yangi rahbari 7 fevral kunidan vazifasini bajarishga kirishadi.
Ma'lumot uchun, Haitida saylovlarning birinchi turi 2016 yilning oktabrida o‘tkazildi, biroq keyinroq uning natijalari saylovoldi kurashda adolatsiz usullarning ishlatilishi va xavfsizlik nuqtai nazaridan bekor qilindi. Yangi saylovlar o‘tgan yilning 9 oktabriga belgilandi, ammo mamlakatga yopirilgan “Metyu” dovuli sabab ortga surildi. Tabiiy ofat 573 kishining hayotiga zomin bo‘ldi.











