Rossiyalik ketma-ket 5 marotaba g‘alabaga erishib, musobaqa yetakchisiga aylandi. Shaxmatchilar 30 dekabrda yana 10 ta partiya o‘tkazishlari kerak. 

Karyakin noyabrda Karlsen bilan klassik shaxmatlar bo‘yicha jahon chempioni unvoni uchun bellashgandi. Rossiyalik norvegga tay-breykda 3:1 hisobida yutqazgandi.