«Sizda hal etilmagan masalalar/muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? U holda murojaatingizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti rektoriga 2 xil usulda: qo‘ng‘iroq qilish yoki murojaat yo‘llash orqali yuborishingiz mumkin», — deyiladi virtual qabulxonada joylashtirilgan e'londa.

Murojaatlar kunu tun onlayn tartibda qabul qilinadi. Qo‘ng‘iroqlarni (0371) 217-19-36 raqamli «Ishonch telefoni» orqali amalga oshirish mumkin.

Institutning tiim.uz elektron manzilida joylashgan ushbu qabulxonaga muassasa faoliyati bilan bog‘liq har qanday murojaat onlayn rejimida kunu-tun qabul qilinadi. Bu yangilik institut talabalari va o‘qituvchilari hamda xodimlariga yetkazilgan.

Virtual qabulxona sayti nafaqat murojaatlar jo‘natish, balki ularning bajarilishini kuzatib borish imkonini ham beradi. Shuningdek, so‘rovlarga ham bevosita mazkur saytdan javob olish mumkin. Buning uchun, saytda joylashtirilgan elektron shaklni to‘ldirish va jo‘natish kifoya qiladi.