Avvalroq 1 fevraldan prezidentning yangilangan virtual qabulxonasi pm.gov.uz internet manzilida test rejimida ishga tushgani xabar berilgandi. Unda har bir foydalanuvchiga shaxsiy kabinet ochish, ko‘p beriladigan savollarga batafsil javob olish imkoni yaratilgan. Virtual qabulxona yangi dasturiy tizimida fuqarolarga qulay bo‘lgan shaklda turli muammo va masalalar bo‘yicha malakali yuridik yordam berilishini ta'minlovchi «Onlayn maslahatchi» moduli yaratildi. Bu modul «Ko‘p beriladigan savollar» bo‘limi bilan hamohanglikda ishlaydi.

Davlat organlari rahbarlarining onlayn-qabulxonalari ishi to‘xtatish funksiyalar takrorlanishidan qochish imkonini beradi, murojaatlarni ko‘rib chiqish ustidan nazoratni kuchaytiradi va jarayon samaradorligi hamda shaffofligini oshiradi.