"Bizning vazir Oliy darajadagi hamkorlik kengashiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Turkiya va Ukraina tashqi ishlar vazirlari raisligidagi strategik rejalashtirish guruhi yig‘ilishida ishtirok etish uchun 20-21 dekabrda Ukrainaga tashrif buyuradi. Ikki tomonlama munosabatlar va keyingi hamkorlikning istiqbollari muhokama qilinadi. Bundan tashqari, qrim tatarlar mavqei, Ukraina sharqidagi vaziyat, mintaqaviy va xalqaro muammolar bo‘yicha fikrlar almashuvi bo‘ladi", deyilgan Turkiya tashqi ishlar vazirligi bergan xabarda.
Ma'lum qilinishicha, tashrif vaqtida Chovusho‘g‘luning Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko, bosh vazir Vladimir Groysman, qrim tatarlar va turk mesxetinlar vakillari bilan uchrashuvlari belgilangan.











