الساعي على الأرملة والمساكين، كالمجاهد في سبيل الله، وكالذي يصوم النهار ويقوم الليل
«Beva va miskinlarni boqish yo‘lida sa'y-harakat qiluvchi kishi xuddi Alloh yo‘lida jiddu jahd qiluvchi kishidek va kunduzi ro‘zador kechasi esa ibodatda qoim bo‘lgan kishidek (ajr-savobga ega bo‘ladi)». (Imom Buxoriy, «al-Adab al-mufrad», Imom Muslim va Ibn Moja).
Kasbi va tijorati borasida kerakli bilim, fiqhiy tushunchalarga ega bo‘lish. Inson o‘z savdo-sotig‘ida haromga tushib qolmasligi, birovning haqini yeb qo‘ymasligi yoxud moliga shubha aralashib qolmasligi hamda durust savdo bilan nodurust savdoni ajrata bilishi uchun tijoratga doir umumiy ahkomlarni bilib olishi mustahab sanaladi. Hazrat Umar (roziyallohu anhu) davrlarida tobeinlarning ulug‘lari bozorlarni aylanishar va bozordagi sotuvchilardan tijorat va savdo-sotiqqa doir qiyin-qiyin masalalarni so‘rashardi. Javob bera olganlari qolardi, javob bera olmaganlari esa to o‘rganib kelmaguncha bozordan chetlatilardi.
Umar ibn Xattob (roziyallohu anhu) «Bozorlarimizda faqat dinda faqih bo‘lgan kimsalargina savdo qilishsin!» deb jar soldirar edilar.
Rahmatulloh SAYFUDDINOV
Yunusobod tumani bosh imom-xatibi,
Toshkent Islom Instituti o‘qituvchisi,
«Mirza Yusuf» jome masjidi imom-xatibi











