"Ilves bilan shartnoma kamida bir yarim yilga imzolangan. Bundan tashqari, u raqamli jamiyat faoliyatiga doir kitob yozishni ham rejalashtirmoqda", — deyiladi xabarda.
Toomas Xendrik Ilves shu yilning 9 oktabr oyida ikki marta besh yildan mamlakatga rahbarlik qilganidan so‘ng, o‘z vakolatlarini topshirgan edi. U ilk marotaba 2006 yilda prezidentlikka saylangan, 2011 yilda ikkinchi marotaba estoniyaliklar ishonchiga sazovor bo‘lgandi.
Stenford universiteti dunyoning eng obro‘li va yetakchi ilm dargohlaridan biri hisoblanadi. U San-Frantsiskodan 60 km janubdagi Palo-Alto shahrida joylashgan.











