Ularning so‘zlariga ko‘ra, bir necha bora Afrikaning sharqiy qirg‘oqlari bo‘ylab qidirish ishlarini tashkil qilishni so‘rashgan, biroq “hech narsa qilinmagan”.

Qidiruv ishlari unda qatnashayotgan Greys Natan va olti kishi tomonidan moliyalashtirildi. Ularning yaqinlari MH370 bortida bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, MH370’ni qidirish ishlari shu paytgacha Avstraliyaning g‘arbiy sohillarida olib borilayotgan edi. Biroq u kerakli natijalarni bermadi. Shungacha Malaysia Airlines’ning olti bo‘lagi Sharqiy Afrikada topildi.

Avvalroq, avstraliyalik mutaxassislar yo‘qolgan MH370 haqida yangi ma'lumotlarni e'lon qilishdi. Kuala-Lumpurdan Pekinga yo‘l olgan samolyot 2014 yilning 8 mart kuni radarlardan yo‘qolib qolgan. Layner bortida esa 227 yo‘lovchi va 12 nafar ekipaj a'zolari bor edi.