«Bu juda, juda murakkab bo‘ldi. Jahon chempionati bahslari nuqtai nazaridan bu g‘alaba eng qiyini bo‘ldi. U 2013 yilgi da'vogarlar musobaqasiga o‘xshashdir. O‘shanda ham men zo‘rg‘a g‘alaba qozongan edim», — degan Karlsen o‘yindan so‘nggi matbuot anjumanida.
2016 yilgi shaxmat toji uchun o‘tkazilgan tay-breyk Karlsen g‘alabasi bilan yakunlandi va u o‘z unvonini saqlab qoldi.
«Tezkor shaxmat» bo‘yicha o‘tkazilgan tay-breyk natijasiga ko‘ra, umumiy hisob 9-7 Karlsen foydasiga bo‘lgan edi. Tay-breyk 4 yarim soatdan ko‘proq davom etdi.











