Gazetaning o‘t o‘chirish xizmati ma'lumotiga asoslanib, xabar berishicha, bir xodim va 10-14 yoshlar oralig‘ida bo‘lgan 11 nafar qiz halok bo‘lgan.
Yana 22 kishini yonayotgan uch qavatli internat binosidan ko‘chirishgan va shifoxonaga yotqizishgan. Adan gubernatori Mahmut Demirtashning ma'lum qilishicha, ular shishalar sinig‘i va tutundan jabrlanishgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘inga elektr uzatgichdagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgan.










