Quyida ushbu unvon uchun da'vogarlik qilayotgan nomzodlar nomlari keltirilgan:
– Nikola Adams (boks, jahon chempioni, Rioda ikkinchi Olimpiya oltin medalini qo‘lga kiritgan);
– Garet Beyl (futbol, Uels terma jamoasi yetakchisi);
– Alister Braunli (triatlon, Rioda ikkinchi Olimpiya oltin medalini qo‘lga kiritgan);
– Sofi Kristiansen (otda yurish bo‘yicha 2016 yilgi Paralimpiada g‘olibi);
– Kadina Koks (yugurish va velosport bo‘yicha 2016 yilgi Paralimpiada g‘olibi);
– Muhammad Fara (yengil atletika, Rioda 5 000 va 10 000 metrga yugurishda Olimpiya chempioni bo‘lgan hamda 2012 yilgi London Olimpiadasidagi natijalarini qaytara olgan);
– Jyeyson Kenni (velosport, Rioning uch karra chempioni);
– Lora Trott (velosport, Rioning ikki karra chempioni);
– Endi Marrey (tennis, joriy mavsumda "Uimbldon", Olimpiada va yakunlovchi musobaqalarni yutgan, mavsum yakuniga ko‘ra jahonning birinchi raqamli erkak tennischisi);
– Adam Piti (suzish, Rio chempioni);
– Keyt Richardson-Uolsh (chim ustida xokkey, Rioda chempion bo‘lgan Buyuk Britaniya terma jamoasi sardori);
– Nik Skelton (ot sporti, 58 yoshida konkur bo‘yicha Rio chempioni bo‘ldi, Buyuk Britaniyaning 108 yil ichidagi yoshi eng katta Olimpiya chempioni);
– Sara Stori (velosport, 2016 yilgi Paralimpiadaning ikki karra chempioni, Paralimpiadalarning 14 karra oltin medali sohibasi);
– Jyeymi Vardi (futbol, Angliya Premer-ligasining amaldagi chempioni "Lester" klubi yetakchisi);
– Maks Uitlok (gimnastika, Rioning ikki karra chempioni);
– Denni Uillet (golf, "Masters" seriyasi chempioni).
G‘olib ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar orasida ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi.











