Uchrashuv tashkilotchilari Nyu-Yorkdagi ko‘p sonli lyuks do‘konlar va yirik moliya kompaniyalari qo‘llab-quvvatlashiga umid qilishgandi. Ammo, atigi to‘rtta homiy topildi. Bular: rossiyalik o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi, Moskva investitsiya kompaniyasi, Norvegiyadagi suv ishlab chiqaruvchi, qimmatbaho ruchkalar tayyorlovchi kompaniyalardir.
Shuningdek, Nyu-Yorkka FIDe rahbari Kirsan Ilyumjinov ham bormadi. U AQSh Moliya vazirligi sanksiya ro‘yxatiga kiritilgani tufayli mamlakatga kirish ruxsatiga ega bo‘lmagan.
Uchrashuv tashkilotchiligi bilan Agon kompaniyasi shug‘ullangan bo‘lib, u grossmeysterlar bahsini internet orqali qancha kishi pul to‘lab ko‘rgani haqidagi ma'lumotlarni keltirmadi.
Eslatib o‘tamiz, 12 partiyadan so‘ng hisob 6 – 6 bo‘lib turibdi. Jahon chempioni nomi 30 noyabr kungi tay-breykda aniqlanadi.











