Qrim terma jamoasiga Valeriy Petrov bosh murabbiy bo‘ldi, unga Sergey Dranov yordamchilik qiladi. Terma jamoa tarkibi 30 kishidan iborat: 24 futbolchi va jamoa xodimlari. Qrim terma jamoasining ilk o‘quv-mashg‘ulotlari 2-10 dekabr kunlari davomida Yevpatoriyadagi «Arena-Qrim» sport majmuasida o‘tkaziladi.

Taqdimot marosimi 9 dekabr kuni Sevastopolda I Qrim futbol forumi doirasida bo‘lib o‘tadi.

Qrimda ilk chempionat 2015 yilning 22 avgustidan 2016 yil iyuliga qadar o‘tkazildi va unda 8 jamoa ishtirok etib, yakunda "TSK Tavriya" jamoasi g‘olib chiqdi.