Hammasi Clay County Development Corp mahalliy notijorat kompaniyasi rahbari Pamela Teylorning Facebook'dagi irqchilikka doir postidan keyin boshlangan. U o‘zining sahifasida Mishel Obamani poshnali poyabzal kiygan maymunga qiyoslagan. Ueylling shu post ostida tasdiqlovchi sharh yozib qoldirgan: "Pem, sen meni xursand qilding".
Shundan so‘ng ikki ayol ham irqchilikda ayblangan. Natijada Teylorni ma'muriy dam olishga jo‘natishdi, Ueylling esa uzr so‘rashiga to‘g‘ri keldi, oxir-oqibat u iste'foga chiqishga qaror qildi.











