Har tong kichik pingvinlar okean qirg‘oqlariga yo‘l olishadi va kunni o‘sha yerda o‘tkazishadi. Kech tushgach esa, o‘z inlariga qaytishadi.

Yerosti yo‘lagi jonivorlar qaytayotgan payt ularning avtomobil g‘ildiraklari ostida qolib, halok bo‘lishlari xavfini kamaytiradi. Bundan tashqari, yo‘lak ularni bezovta qiluvchi sayyohlardan qutilishga yordam beradi.

Ma'lumot uchun, kichik pingvinlar Yangi Zelandiya va Avstraliyada yashashadi. Ularning bo‘yi 30-40 santimetrni tashkil etadi.