1 dekabr kunidan boshlab Buxoro shahridagi avtobuslarda yo‘l haqini to‘lash uchun jyetonlar joriy etilishi mumkin. Buxoro hokimining shu haqdagi qarori loyihasi muhokama uchun internetga joylashtirilgan.
Naqd pul bilan bir qatorda to‘lov uchun qabul qilinadigan jyetonlar savdosi maxsus punktlarda faqatgina plastik kartalar orqali amalga oshiriladi.
Ayni vaqtda Toshkent va Samarqandda avtobuslarda yo‘l haqi sifatida jyetonlardan foydalanib kelinmoqda.











