Peskovning aytishicha, Putin yaralangan aholi va jangarilar shaharni tark eta olishi uchun gumanitar tanaffuslar uzaytirilishini qo‘llab chiqdi.
"Terrorchilik guruhlari tomonidan ig‘vogar harakatlarning oldini olish uchun Rossiya o‘zida unda mavjud kuchlar va vositalarni qo‘llash huquqini saqlab qoladi", deb qo‘shimcha qildi Peskov.
Avvalroq Rossiya bosh shtabi Putinga Halabga aviazarbalar berishni qayta boshlash iltimosi bilan murojaat qilgan. Bosh shtab bosh tezkor boshqarmasi boshlig‘i Sergey Rudskoy buni jangarilar Suriya hukumat qo‘shinlariga qarshi faol jangovar harakatlarni qayta boshlagani bilan tushuntirgan.











