16 oktabr kuni kechqurun OAVda Amerikaning Kentukki shtati Leksington shahrida 15 yoshli Triniti Gey halok bo‘lgani haqidagi xabarlar paydo bo‘lgan edi. 

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bir necha jinoyatchi restoran yaqinidagi ikkita avtomobilda otishma sodir etishgan. Ularning uzgan o‘qlaridan biri qizning bo‘yniga kelib tekkan. Triniti zudlik bilan shifoxonaga olib kelinganiga qaramay, shifokorlar uning hayotini saqlab qolishning uddasidan chiqolmagan. Hodisa, 15 oktabrdan 16 oktabrga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan.