BMT Bosh Assambleyasi Antoniu Guterresh nomzodini butunjahon tashkilotining bosh kotibligiga tasdiqlagan edi. BMTning to‘qqizinchi bosh kotibi 2017 yil 1 yanvaridan boshlab vazifasiga kirishadi.
"Men ushbu ikki davlat munosabatlari yaxshilanishiga ishonaman. Ular boshqalarni ham ortlaridan ergashtirib, mavjud qarama-qarshiliklar bartaraf etilishi mumkinligiga ishontirishlari uchun ulkan imkoniyatga ega bo‘ladi", — degan Guterresh.
U, BMT bosh kotibi bo‘lgan vaqtda Moskva hamda Vashingtonni safarbar qila oladimi?, degan savolga Guterresh shunday javob qaytargan: "Imkonim darajasida barchasini amalga oshiraman".











