«U dahshatli darajada ahmoq. U cho‘chqa. U bizga tupurmoqda. Men mamlakatimiz bu holatga tushganidan juda uyatdaman. U odamlarning yuziga urishni istashi haqida aytadi. Masalan men ham mamnuniyat bilan uning yuziga tushirgan bo‘lardim», — degan De Niro yangi promorolikda.
Bundan oldinroq De Niro Trampni Martin Skorsezening 1976 yilda suratga olingan «Taksist» filmi qahramoniga qiyoslagandi. Vetnam urushida qatnashib qaytgan bu qahramon ijtimoiy hayotdan ortda qolgan bo‘ladi.











