Eslatib o‘tamiz, sud shu yilning iyulida bu ishni jinoyat alomatlari sezilmagani va yetarli dalillar bo‘lmagani uchun yopgandi.

Soliqchilarning iddao qilishicha, har ikkala tomon Neymarning transfer narxini pasaytirib ko‘rsatgan va 13 million yevrodan ko‘proq mablag‘ni yashirib qolgan.

Eslatib o‘tamiz, Neymar 2013 yilda «Barselona»ga 57,1 mln yevro evaziga transfer qilingandi. Ispaniyalik prokurorlarning hisoblashicha, aslidas futbolchining transfer qiymati 100 million yevrodan ortiqroq bo‘lgan.

Manba: Tribuna.uz