Avvalroq, Reuters agentligi AQSh razvedkasiga Yahoo barcha foydalanuvchilarning elektron maktublarini yashirincha tekshirib ko‘rishiga imkon beruvchi dasturni ishlab chiqqani haqida yozgan edi.
Yahoo o‘z navbatida elektron pochtalarni ommaviy kuzatish ayblovini inkor qilgandi.
Endilikda, NYT gazetasining yozishicha, maktublarda bolalar pornografiyasi va boshqa turli mazmunlarni qidirish bahonasida Yahoo sudlarning maxfiy topshiriqlarini bajarib kelgan. Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, kompaniyadan xorijiy terroristik guruhlarga tegishli va maxsus raqamli imzoga ega xabarlarni topish talab qilingan.
Ayni vaqtda, bunday ma'lumotlarni to‘plash amaliyoti to‘xtatilgan, deb ta'kidlashgan nashr manbalari.











