Xabarlarga ko‘ra, birmuncha vaqt avval, nodavlat tashkilotlari va xususiy shaxslarga tamaki mahsulotlari olib kirish taqiqlangan edi. Biroq, savdo vazirligi bo‘linmalari bu jarayonga tayyor bo‘lmagani bois, mahsulotni yetkazib berishda doimiy uzilishlar vujudga kelmoqda. 

Shu sababli, mamlakatda tamaki mahsulotlarini noqonuniy pullovchi qora bozor avj olmoqda. Xususan, ANT manbalariga ko‘ra, bugungi kunda bir quti sigareta rusumiga qarab 50, 60 va hatto 65 manat (14-17 yoki 18,5 dollar)dan sotilmoqda. Aslida bu mahsulotlarni ham davlat do‘konlar sotuvchilari yashirincha pullashayotgani aytilmoqda.