BMT matbuot kotibi Stefan Duyarichning ma'lum qilishicha, konvoy 31ta avtomobildan iborat bo‘lgan, shulardan 18tasi hujumdan zarar ko‘rgan.

Uning qayd etishicha, konvoy olib ketayotgan yuklar Urm al-Kubra shahridagi 78 ming kishi uchun mo‘ljallangandi.

Bundan tashqari, Suriyadagi Qizil yarimoy (SARC) jamiyati binosi ham o‘qqa tutilgan.

19 sentabr kuni Suriya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish muddati tugaganini ma'lum qildi. Bunga terrorchilar tinchlik rejimidan jangarilarni qayta guruhlash va hujumlarni davom ettirish maqsadida qurol-yarog‘ to‘plashda foydalangani sabab bo‘ldi.

Sulh tartibi 12 sentabr kuni amalga kirgan edi.