Ba'zi foydalanuvchilar esa Klinton xonimning kasali shifokor aytganidek o‘pka yallig‘lanishidan ham jiddiyroq bo‘lishi mumkinligini aytishgan. Hatto, Hillari Klinton vafot etishi va yuqorida aytilganidek, uning o‘rniga qiyofadosh chiqishlar qilishi mumkinligi haqida fikr bildirayotganlar bor.
Ularning bunday taxminlariga Hillari Klinton o‘zini juda yomon his qilganidan keyin qizinikiga olib ketilishi va 1,5 soatdan keyin butunlay soppa-sog‘ holda qaytib kelishi sabab bo‘lgan.
Bir qator internet foydalanuvchilarining hisoblashicha, bu haqiqiy Klinton emasdi. Konspirologlar uning burniga e'tibor qaratishgan, ularning aytishicha, go‘yo qiyofadoshning burni uchi pastga qaragan, haqiqiy Klinton xonimning burni esa yuqori ko‘tarilgan holda edi.
Shuningdek, "Hillari Klinton qisqa vaqt ichida ozib ketgani"dan hayronligini bildirganlar ham bor.
«Ular taxmin qilishmoqdaki, bu ishlar jamoatchilikni Hillari Klintonda miya bilan bog‘liq xastalik borligi haqidagi xabarlardan chalg‘itish uchun o‘ylab topilgan. Ulardan ba'zilari Klinton xonimda Parkinson xastaligi borligini aytishgan, yoki uning vafot etganini taxmin qilganlar bor», — deya yozgan Metro.
Nashr ijtimoiy tarmoqlarda #HillarysBodyDouble va #IsHillaryalive kabi heshteglar ommalashganiga e'tibor qaratishgan.











