Maskning qiyofadoshi Tesla mashinasiga o‘tirayotganda videoga olingan. Xitoylik Maskka “bir tomchidek” o‘xshash bo‘lishidan tashqari, uning mimikasini ham o‘xshata oladi. Erkak videoda uni tasvirga olayotgan kishiga xitoychada gapiradi.

Maskning qiyofadoshi videosi ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgach, tezda ommalashib ketdi. Odamlar ikki begona kishi o‘rtasida bunday o‘xshashlik bor bo‘lishi mumkinligiga ishonishmayapti.

“Xitoyda hamma narsani topish mumkin”, deb hazil izoh qoldirgan foydalanuvchilardan biri.

Avvalroq Time nashri Maskni “Yil insoni” deb topgandi.